Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh etildi

Buxoroda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “E.” fermer xo‘jaligi rahbari E.YO. “Xo‘ja yakshaba” MFY hududidagi fermer xo‘jaligiga tegishli binoda qo‘lbola usulda yasalgan moy juvoz uskunasida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlanib, tadbir davomida 102 kg yaroqsiz yog‘, 351 kg chigit, 26,9 tonna paxta, 2 dona juvoz uskunalari va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:20 24.07.2026. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!