Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda Chery va yuk mashinasi to‘qnashdi

Buxoroda Chery va yuk mashinasi to‘qnashdi

30 aprel kuni soat 10:30 lar atrofida Buxoro viloyati Romitan tumanidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 256-kilometrida fojiali yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

YTHda Chery rusumli avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashdi.

To‘qnashuv oqibatida Chery avtomobili haydovchisi, 1967 yilda tug‘ilgan I.M., voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchi – 1971 yilda tug‘ilgan ayol SH.P. bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi hamda ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi kabi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:54 01.05.2025. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!