Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani aytilgan 1 110 nafar o‘zbekistonlik fuqaro bo‘yicha tekshiruv boshlangan

Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani aytilgan 1 110 nafar o‘zbekistonlik fuqaro bo‘yicha tekshiruv boshlangan

O‘zbekiston vakolatli organlari Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1110 nafar mamlakat fuqarosi haqidagi ma’lumotlarni tekshirishni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.

TIV matbuot kotibi yuqorida qayd etilgan fuqarolarning jangovar harakatlarda ishtirok etgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, ularning vatanga qaytishi qanday oqibatlarga olib kelishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi: «Mamlakatdan tashqarida harbiy harakatlarda ishtirok etish respublika qonunchiligida taqiqlangan. Tegishli choralar ko‘riladi».

Ma’lumot uchun, chet elda urushda qatnashish 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish bilan jazolanishi mumkin.

Kiritildi: 08:52 03.05.2025. O'qildi: 1220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!