30 aprel kuni Chinoz tumanida yashagan 1995 yilda tug‘ilgan ayol “Toshkent-Samarkand” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan tez yurar yo‘lovchi poyezdi tagiga o‘zini tashlashi oqibatda vafot etgan. Bu haqda Bosh prokurotura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 30 aprel tongda ayol o‘zini poyezd ostiga tashlagani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.