Rossiya tomoni Pokiston va Hindistonni kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish uchun bosiqlik saqlashga va konstruktiv muloqot olib borishga undamoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabarida ma’lum qilingan.
"Rossiya tomoni har ikki tomonni bosiqlik saqlashga hamda kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan konstruktiv muloqot olib borishga chaqirdi," - deya ta’kidlandi Rossiya TIV diplomatik idorasi rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenkoning Pokistonning Moskvadagi elchisi Muhammad Xolid Jamali bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha.
Uchrashuvda tomonlar Rossiya-Pokiston hamkorligining turli jihatlarini, shuningdek, "22 aprel kuni Kashmirda sodir etilgan terrorchilik harakati munosabati bilan Islomobod va Nyu-Dehli o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi" masalasini muhokama qilishdi.