Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTHda halok bo‘ldi

Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTHda halok bo‘ldi

Polshada yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Norvegiyaning eng badavlat fuqarolaridan biri, baliqchilik sanoati magnati Vigner Lindal Olsen halok bo‘ldi, deb xabar beradi RMF FM.

Qayd etilishicha, avariya Gura-Kalvariya va Kobel aholi punktlari o‘rtasidagi 50-sonli trassada sodir bo‘lgan. Ichida 42 yoshli biznesmen bo‘lgan Jaguar avtomobili noma’lum sabablarga ko‘ra, daraxtga urilgan.

Vigner Lindal Olsen 1972 yilda otasi tomonidan asos solingan Nova Sea kompaniyasiga egalik qilib kelardi. Kompaniya losos balig‘ini yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan. 2025 yil boshida Olsen Nova Sea’ni losos yetishtiradigan dunyodagi eng katta kompaniya — Norvegiyaning Mowi konserniga qariyb 750 million dollarga sotgan edi.

Kiritildi: 10:55 03.05.2025. O'qildi: 2427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!