Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda II Jahon urushi qatnashchilari soni ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda II Jahon urushi qatnashchilari soni ma’lum bo‘ldi

Bugungi kunda O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar 82 nafarni tashkil etadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi tomonidan AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Maxsus tarzda qayta ko‘rib chiqilgan harbiy qayd varaqalari asosida aniqlanishicha, O‘zbekistondan frontga 1 million 951 ming nafar kishi safarbar etilgan, ulardan 538 ming nafari halok bo‘lgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriy 82 nafarni tashkil qiladi. Ularning eng yoshi ulug‘i 114 yoshni qarshilagan.

Urush davrida O‘zbekiston muhim front orti markaziga aylangan. Bu yerda 280 ta yangi korxona barpo etilgan, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, respublika esa 1,5 milliondan ortiq evakuasiya qilinganlarni, jumladan, 250 ming yetim bolani bag‘riga olgan.

Kiritildi: 23:30 02.05.2025. O'qildi: 1467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!