Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

A A A
Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

Qozog‘iston Xitoyga yer berilgani haqidagi mish-mishlarni inkor etdi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga qishloq xo‘jalik yerlarini berish to‘g‘risidagi mish-mishlarni rasman inkor etdi.

Qozog‘iston TIV bunday ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va dezinformasiya ekanligini ta’kidladi.

"Er berilgani haqidagi xabarlar soxta. Yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan. Faqat rasmiy manbalarga ishonishga chaqiramiz," - deya bayonot berdi idora.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi eslatib o‘tdiki, Qozog‘iston Respublikasi Yer kodeksiga ko‘ra, chet el fuqarolari va kompaniyalari qishloq xo‘jalik yerlariga egalik qilish yoki ijaraga olish huquqiga ega emas. Chegara hududidagi uchastkalar ham xususiy shaxslarga berilmaydi.

2016 yil 1 iyulga qadar tuzilgan chet elliklar bilan ijara shartnomalari muddati tugagach uzaytirilmaydi.

Kiritildi: 21:13 28.04.2025. O'qildi: 15110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!