2021 yildan buyon Buxoroda arab tilidan dars berib kelgan Sherzod Jo‘rayev Peshku tumani sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (MJTK)ning 94-241va 34-moddalari (noqonuniy diniy ta’lim berish)da aybli deb topilib, 7 sutkaga qamaldi.
Bundan tashqari unga 1 mln 875 ming so‘m miqdorida jarima jazosi ham tayinlangan.
Sherzod Jo‘rayev "Azon Global"ga O‘zbekiston respublikasi qonunlarida belgilangan hujjatlar asosida talabalarga arab tilidan dars berib kelganini, hech qanday "Qur’on kursi" ochmaganini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Jo‘rayev 2021-2023 yillar oralig‘ida Buxoro viloyati masjidlaridan birida imom noibi sifatida faoliyat yuritgan.
2023 yilda uning Buxoro Tibbiyot institutida hijobi sabab bosimga uchrayotgan jiyani huquqini talab qilib, o‘quv muassasasiga borgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng u masjiddagi ishidan olinganini aytgan.