Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh orqaga chekindi: Ukraina bo‘yicha muzokaralarda vositachilikni to‘xtatdi

AQSh orqaga chekindi: Ukraina bo‘yicha muzokaralarda vositachilikni to‘xtatdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish muzokaralarida endi vositachi sifatida ishtirok etmaydi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

Bryusning so‘zlariga ko‘ra, Vashington endi muzokaralarda yetakchi emas, balki faqat yordamchi rolini bajaradi: “Boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarga iltimos bilan chaqirilganda darhol yetib borishni rejalashtirmayapmiz. Biz endi vositachi emasmiz”

Uning ta’kidlashicha, endi tinchlik jarayonini olib borish mas’uliyati to‘liq Moskva va Kiyev zimmasida: “Hozir aynan Rossiya va Ukraina ushbu mojaroni qanday tugatish kerakligini ko‘rsatadigan aniq g‘oyalar taqdim etishlari kerak. Bu faqat ularga bog‘liq”

Kiritildi: 22:13 02.05.2025. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!