Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

"Kosmos-482" Yerga qulamoqda

"Kosmos-482" Yerga qulamoqda

Yaqin kunlarda og‘irligi qariyb yarim tonna bo‘lgan sovet planetalararo kosmik apparati Yerga qulaydigan bo‘ldi.

Bu 1972 yilda Veneraga yo‘naltirilgan, ammo Yer orbitasida qolib ketgan "Kosmos-482" stansiyasining qo‘nish moduli hisoblanadi. Uning aynan qachon sayyoramiz yuzasiga tushishi hozircha noma’lum, biroq bu voqea taxminan may oyining birinchi yarmida sodir bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, mutaxassislardan birining fikricha, aholi yashaydigan hududlarga tushish xavfi ham mavjud.

Venera stansiyasi 1972 yil 31 mart kuni saharga yaqin Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan edi. U boshqa bir stansiyaning zaxira nusxasi bo‘lib, har ikkisi ham "Venera-8" dasturi doirasida ishga tushirilgan. Ikkala apparat ham jihozlari va xususiyatlari jihatidan bir-biriga to‘liq mos kelardi.

Bunday takroriy uchirishlar sayyoralararo tadqiqotlar paytida muvaffaqiyat ehtimolini oshirish maqsadida amalga oshirilgan.

Ular "Molniya M" raketalari yordamida uchirilgan - bu raketalar "Soyuz" bilan bir oilaga mansub bo‘lib, og‘irroq apparatlarni yuqoriroq orbitalarga olib chiqish uchun bir pog‘ona kattalashtirilgan edi.

Kiritildi: 23:58 02.05.2025. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!