Bundestag «Yashillar» partiyasining Ukrainaga harbiy va gumanitar yordamni kuchaytirish, jumladan, Taurus raketalari va Patriot tizimlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi taklifiga qarshi ovoz berdi.
Bundestag rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashabbusni 79 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 510 nafar parlament a’zosi qarshi ovoz bergan, yana bir nafar deputat esa betaraf qolgan.