Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Bugundan o‘zbekistonlik xojilarni qaytarish boshlanadi

Bugundan o‘zbekistonlik xojilarni qaytarish boshlanadi

Ziyoratchilarni olib keladigan ilk samolyotlar Jiddadan Toshkentga uchadi.

Bugun, 2 iyun kuni «Haj – 2026» mavsumining ilk ziyoratchilarini olib keladigan dastlabki samolyotlar Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu dastlabki aviareyslar orqali Toshkent shahridan ketgan ziyoratchilar qaytib kelishadi. Shuningdek, hojilarni respublikaning 10 ta hududidagi xalqaro aeroportlarda tantanali ravishda kutib olish reja qilingan.

Haj safarini yakunlaganlarni Jidda shahridan olib kelish ishlari joriy yilning 19 iyun kuniga qadar davom ettiriladi.

Kiritildi: Bugun 13:51. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!