Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Superligasida 20-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi. Turning so‘nggi kunida uchta bahs o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Soat 18:00 da "So‘g‘diyona" o‘z maydonida "Mash’al"ni qabul qiladi. Xuddi shu vaqtda "Qo‘qon-1912" va "Dinamo" o‘rtasidagi uchrashuv start oladi. Kunning so‘nggi bahsi soat 20:15 da "Qizilqum" hamda "Buxoro" o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
20-turning avvalgi uchrashuvlarida OKMK "Xorazm"ni 1:0, "Surxon" "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. "Navbahor" va "Lokomotiv" 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Turning eng yirik natijasi Qarshida qayd etilib, "Nasaf" peshqadam "Neftchi"ni 6:2 hisobida tor-mor etdi. "Paxtakor" esa "Andijon" ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.