Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Bu shunchaki ikkiyuzlamachilik»: Yevropa hanuz Rossiyadan energiya resurslari sotib olayotgani fosh etildi

«Bu shunchaki ikkiyuzlamachilik»: Yevropa hanuz Rossiyadan energiya resurslari sotib olayotgani fosh etildi

Evropa, tez-tez buning aksini ta’kidlayotganiga qaramay, Rossiya nefti va gazidan voz kecha olmaydi. Bunday fikrni Italiya bosh vaziri o‘rinbosari Matteo Salvini bildirdi.

Rossiyadagi Italiya tadbirkorlari uyushmasi (GIM-Unimpresa) bosh assambleyasida so‘zlagan Salvini Rossiyaga qarshi kiritilgan 20 ta sanksiyalar paketi Yevropa Ittifoqi kutgan natijani bermaganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Yevropa iqtisodiyotiga «bumerang bo‘lib urildi» va qit’a mamlakatlarida yashash xarajatlarining oshishiga olib keldi.

Salvini, shuningdek, G‘arbning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish haqidagi bayonotlarini ikkiyuzlamachilik (munofiqlik) deb atadi.

«Evropa hech qachon Rossiya nefti va gazisiz kun ko‘ra olmaydi. Hozirgi vaqtda ham qit’a davlatlari ularni sotib olishda davom etayotgani buning isbotidir», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «RIA Novosti».

Kiritildi: 23:40 16.07.2026. O'qildi: 1048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!