Paragliding bo‘yicha jahon chempionati paytida Bolgariyaning Stara-Zagora shahri yaqinida vertolyot halokatga uchradi.
Nova telekanalining xabar berishicha, vertolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv operasiyasiga Bolgariya havo kuchlari va tez tibbiy yordam xizmati vertolyotlari, shuningdek, yer usti qutqaruv guruhlari jalb qilingan.
Qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchining jasadi qutqaruvchilar tomonidan Stara-Planina tog‘laridagi chekka hududda topilgan.
Qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.