Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan pedagoglarga maktabgacha ta’lim muassasalarida 1 yil davomida ishlash taqiqlanadi.
Senator Orzigul Mo‘ydinovaning ta’kidlashicha, mazkur norma bolalar xavfsizligini ta’minlash va ta’lim muassasalarida zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirishga qaratilgan.