Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Bir haftada 9 mln dollar! Ronaldu o‘g‘lining xarajatlaridan hayratda

Bir haftada 9 mln dollar! Ronaldu o‘g‘lining xarajatlaridan hayratda

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nassr” futbolchisi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Krishtianu Junior bir hafta ichida otasining kredit kartasidan 9 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagani haqida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, Ronaldu o‘g‘liga bir muddat o‘z kredit kartasidan foydalanishga ruxsat bergan. Biroq hisobdagi 1,8 million dollarlik xarajat futbolchining e’tiborini tortgan.

Shundan so‘ng Ronaldu kartadagi boshqa xarajatlarni ham tekshirgan. Xabarlarga ko‘ra, uning o‘g‘li bir hafta davomida qimmatbaho avtomobillar va boshqa hashamatli buyumlarga 9 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bundan xabar topgan Portugaliya terma jamoasi sardori darhol choralar ko‘rib, o‘z jamoasi bilan bog‘langan va kredit kartadan foydalanishni to‘xtatgan. Shuningdek, portugaliyalik yulduz o‘g‘lining o‘z hisoblariga kirishini ham butunlay cheklagan.

Ma’lumot uchun, 16 yoshli Krishtianu Ronaldu Junior “An-Nassr”ning yoshlar jamoasida to‘p tepadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!