Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Binyamin Netanyaxu Trampning taklifiga binoan Vashingtonga tashrif buyuradi

Binyamin Netanyaxu Trampning taklifiga binoan Vashingtonga tashrif buyuradi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 27 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Vashingtonga tashrif bilan jo‘nab ketadi. Bu haqda Isroil hukumati rahbari kanselyariyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

«Prezident Trampning taklifiga binoan Bosh vazir Binyamin Netanyaxu kelayotgan dushanba kuni Vashingtonga tashrif bilan jo‘nab ketadi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 29 iyul kuni Netanyaxu Oq uyda Tramp bilan uchrashadi. Bundan tashqari, bosh vazir senator Lindsi Grem bilan vidolashuv marosimida ishtirok etadi.

Kiritildi: 20:13 24.07.2026. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!