Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bild: Germaniyada kuzatuv minorasidan qulab tushgan uch kishi halok bo‘ldi

Bild: Germaniyada kuzatuv minorasidan qulab tushgan uch kishi halok bo‘ldi

Quyi Saksoniyaning Altenau shahri yaqinidagi Gars tog‘larida joylashgan kuzatuv minorasidan yiqilib tushish oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa sabablari hozircha noma’lum. Voqea joyida polisiya, qutqaruv xizmatlari va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda; ular hududni o‘rab olib, himoya ekranlarini o‘rnatishgan.

Maqolada qayd etilishicha, balandligi 65 metr bo‘lgan ushbu minora 2023 yilning noyabrida ochilgan edi. U Germaniyadagi yog‘och va po‘lat konstruksiyadan qurilgan eng baland kuzatuv minorasi hisoblanadi. Minora ikkita kuzatuv maydonchasi, shuningdek, 45 metr balandlikda shishali poldan iborat «sayr yo‘lakchasi» bilan jihozlangan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:42 16.07.2026. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!