Bavariyada pichoq bilan qurollangan noma’lum shaxs bank filialiga hujum qildi, kamida bir kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda BR24 telekanali.
«Regensburg g‘arbidagi bank filialida pichoq bilan qilingan hujum oqibatida bir kishi og‘ir jarohat oldi», — deyiladi xabarda.
Polisiya gumonlanuvchi hali ham bino ichida ekanini taxmin qilmoqda. Bundan tashqari, ichkarida boshqa odamlar ham bo‘lishi mumkin. Hozirda hujum qilgan shaxs bilan aloqa yo‘q.
Huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, gumonlanuvchida boshqa biror qurol bor-yo'qligini bilishmaydi.
Hodisa joyida polisiya xodimlari ishlamoqda.