Bugun 1 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Bashakshehir” Shomurodovni to‘liq sotib oldi

“Bashakshehir” Shomurodovni to‘liq sotib oldi

Istanbulning “Bashakshehir” klubi Eldor Shomurodovni to‘liq sotib oldi. Klub shartnomada belgilangan 2,7 million yevrolik sotib olish bandini faollashtirdi.

Shuningdek, Shomurodov kelgusida boshqa klubga transfer qilingan taqdirda, “Roma” klubi bitim summasining 10 foiziga egalik qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori “Bashakshehir” safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan hamda Turkiya Superligasining joriy mavsumida to‘purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 5 million yevroga baholagan.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov 2021 yil yozida “Jenoa”dan “Roma”ga ko‘chib o‘tgan. U Rim klubi safida jami 85 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

30 yoshli Eldor Shomurodov “Roma” va “Bashakshehir” klublaridagi faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi yetakchilik roli tufayli 2025 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!