Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Barselona» Flikka Mourinyo haqida gapirmaslikni buyurdi

«Barselona» Flikka Mourinyo haqida gapirmaslikni buyurdi

«Barselona» rahbariyati bosh murabbiy Xans-Diter Flikdan Joze Mourinyu va «Real» bilan bog‘liq mavzularni muhokama qilmaslikni so‘ragan.

Diario SPORT xabariga ko‘ra, klub Flikka Mourinyuning Madriddagi birinchi faoliyati davrida yuzaga kelgan mojarolarni, jumladan, Pep Gvardiola bilan ziddiyatlari va Tito Vilanova ishtirokidagi mashhur voqeani eslatgan.

Klubning talabi aniq bo‘lgan: «Mourinyu yoki «Real» haqida bir og‘iz ham gapirmang».

Flik bu ko‘rsatmaga amal qilishini allaqachon ko‘rsatdi. «Barselona»ning La Ligada «Elche»ga qarshi dastlabki o‘yini oldidan undan Mourinyu haqida so‘rashganida, murabbiy suhbat mavzusini darhol o‘zgartirgan.

«Biz ertaga «Real»ga qarshi o‘ynaymizmi? Mendan «Elche» haqida so‘rang», — degan Flik.

Mourinyu «Real»ga qaytganidan keyin «Barselona» haqida fikr bildirib ulgurdi. Flik esa raqobat bilan bog‘liq bahslarga aralashishdan bosh tortmoqda va bu mavqeini o‘zgartirishi kutilmayapti.

Kelgusi «El-Klasiko»lar oldidan Mourinyu haqidagi savollar ko‘payishi tabiiy. «Barselona» esa portugaliyalik murabbiyga yangi mojaro keltirib chiqarish uchun imkoniyat bermaslikni istamoqda.

Kiritildi: Bugun 13:48. O'qildi: 63 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!