Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

BAAda ayol farzandini ChatGPTga vasiyat qilib qoldirmoqchi

BAAda ayol farzandini ChatGPTga vasiyat qilib qoldirmoqchi

Abu-Dabida yashovchi ona o‘zining hayotiy qarashlari, tarbiya tamoyillari va o‘g‘liga tilaklarini yozib qoldirmoqchi.

Agar u vafot etsa, bolaning vasiylari maktab, yashash joyi va davolanish kabi muhim masalalarda shu ma’lumotlarga tayangan ChatGPT bilan maslahatlashishi kerak bo‘ladi.

Agar ayol bolasi voyaga yetmasdan vafot etsa, uning vasiylari bu ma’lumotlarni ChatGPT’ga berishlari va undan maslahat so‘rashlari mumkin. Sun’iy intellekt maktab tanlash, boshqa mamlakatga ko‘chish, tibbiy davolanish, diniy tarbiya va qarindoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda yordam beradi.

Shu bilan birga, ChatGPT rasmiy vasiy bo‘lmaydi va hech qanday qonuniy vakolatlarga ega bo‘lmaydi. Yakuniy qarorlarni bolaga g‘amxo‘rlik qiladigan kattalar qabul qiladi.

Loyiha 18 yoshga to‘lgunga qadar bolaning sog‘lig‘i, ta’limi, qiziqishlari va hissiy holatini har yili baholashni nazarda tutadi.

Yakuniy qarorni odamlar qabul qiladi. Vasiyatnoma hozircha loyiha — sud tomonidan tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 23:22 22.10.2026. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!