Milliy B2 yoki unga teng xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglarga ushbu hujjatni olish uchun qo‘shimcha vaqt ajratildi. Endi ular 2026/2027 o‘quv yili boshlanguniga qadar sertifikatni qo‘lga kiritishlari mumkin.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.