Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ayrim issiqxonalar uchun soliq 10 barobarga oshirilishi mumkin

Ayrim issiqxonalar uchun soliq 10 barobarga oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida joylashgan issiqxonalar uchun mol-mulk va yer solig‘ini 10 barobarga oshirish taklif qilinmoqda.

Bu Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasida belgilangan.

Gap Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi issiqxonalar haqida bormoqda. Agar loyiha qabul qilinsa, ushbu hududlarda an’anaviy yoqilg‘i yordamida isitiladigan issiqxonalar uchun mol-mulk va yer solig‘i amaldagi stavkadan 10 barobar yuqori bo‘ladi. Shuningdek, ularga soliq imtiyozlari ham qo‘llanilmaydi.

Biroq elektr energiyasi bilan isitiladigan yoki isitish qozonxonalari butunlay olib tashlangan issiqxonalar mazkur tartibdan mustasno etiladi. Ular uchun oshirilgan soliq stavkalari tatbiq qilinmaydi.

Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, bu tashabbusning asosiy maqsadi havoni ifloslantiruvchi issiqxonalar sonini qisqartirish, tadbirkorlarni ekologik toza va energiya tejamkor texnologiyalarga o‘tishga rag‘batlantirish hamda Toshkent shahri va viloyatidagi havo sifatini yaxshilashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, hujjat hozircha qonun loyihasi hisoblanadi. U jamoatchilik muhokamasidan o‘tgach va qabul qilingan taqdirdagina kuchga kiradi.

Kiritildi: 19:18 17.07.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!