Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Avtobus uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Avtobus uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

Ushbu qonun loyihasi bilan transport vositalarini trotuarlardan, velosiped yo‘lkalaridan, yashil hudud maydonlaridan yurgizishning oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.

Shuningdek, aholi tomonidan noqonuniy ravishda yo‘lning qatnov qismiga to‘siqlar o‘rnatish yoki yo‘llarni to‘sib qo‘yish, transport vositalari va fuqarolarning harakatiga to‘sqinlik qilish holatlariga chek qo‘yish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash, ularning erkin harakatlanishiga sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Kiritildi: 17:33 11.12.2024. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!