Argentinaning San-Xuan provinsiyasida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda foydalanilgan vertolyotning qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi.
Argentinaning Federal Favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi va mintaqaviy hukumat halokat haqida e’lon qildi.
"Bugun ertalab Federal Favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi tomonidan ijaraga olingan Bell 412 vertolyoti San-Xuan provinsiyasidagi Ischigualasto bog‘i yaqinida halokatga uchradi", deyiladi agentlik bayonotida.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga yordam berish uchun La-Rioxa provinsiyasiga yo‘l olgan. Halokat joyi boshqa samolyot tomonidan topilgan.
Avariya sababi tekshirilmoqda.