AQShning Eronning g‘arbiy Xuziston viloyatidagi Ahvaz shahri chekkasiga uyushtirgan hujumlarida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi va besh kishi yaralandi.
Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda.
Yaradorlarning ahvoli haqida hech qanday ma’lumot e’lon qilinmadi.
Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Erondagi nishonlarga tun bo‘yi yana hujumlar uyushtirilgani haqida xabar bergan edi. So‘nggi hujumdan oldin Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Husayn Kermanpur AQShning yangi hujumlaridan beri 55 kishi halok bo‘lganini aytdi.