AQSh terma jamoasi muxlislari milliy jamoaning Jahon chempionati — 2026 dan chiqib ketganidan so‘ng Vashingtondagi fan-zonada tartibsizliklar uyushtirishdi.
Kun sovuq va yog‘ingarchilik bo‘lishiga qaramay, minglab odamlar 1/8 final bahsi translyasiyasini tomosha qilish uchun yig‘ilishgan edi. Belgiyaliklar to‘rtinchi golni urishganidan keyin havoga bo‘sh shishalar ucha boshladi.
Maydon tez fursatda bo‘shay boshladi, birinchilardan bo‘lib chiqib ketayotganlar esa agressiya (tajovuzkorlik) ko‘rsatishni boshlashdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Tashkilotchilar ovozni o‘chirishga va yig‘ilganlardan fan-zonani tark etishni so‘rashga majbur bo‘lishdi. Shu tariqa, Belgiya chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Ispaniya terma jamoasi bilan o‘ynaydi.