TikTokda DreamDoll Bri taxallusi bilan tanilgan 21 bir yoshli Brianna Jonson Florida shtatida sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘ldi.
Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Voqea 5 iyul kuni ertalab Miramar shahrida sodir bo‘lgan. Tarmoq xabariga ko‘ra, Jonson Lamborghini Urus rusumli avtomobil boshqarayotganida, uning yoniga oq sedan kelib, o‘t ochgan.
Bloger voqea joyida vafot etgan. Mashinadagi yana ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Hodisaning sabablari, hujumchilarning shaxsi va jinoyatning sababi tekshirilmoqda.
Gun Violence Archive nodavlat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda Mustaqillik kunini nishonlashning uch kuni davomida otishmalarda 100 kishi halok bo‘lgan va yana 340 kishi jarohatlangan.