Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShda suvosti kemalari qurilishida jiddiy muammo yuzaga keldi

AQShda suvosti kemalari qurilishida jiddiy muammo yuzaga keldi

AQShda suvosti kemalari qurilishini jadallashtirish uchun zarur ishlab chiqarish quvvatlari yetarli emas.

Bu haqda «RIA Novosti» AQSh davlat auditi hujjatlari tahliliga asoslanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kema qurish zavodlarining haddan tashqari bandligi va quruq doklar yetishmasligi suvosti kemalarining uzoq vaqt davomida harakatsiz qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, so‘nggi 10 yil ichida AQSh Harbiy-dengiz kuchlari ta’mirlash ishlarining kechikishi va faol ko‘p maqsadli suvosti kemalarining bekor turib qolishi tufayli 15 ming kundan ortiq ekspluatasiya vaqtini yo‘qotgan. Bu holat qariyb 3,4 milliard dollarlik qo‘shimcha xarajatlarga olib kelgan.

Shuningdek, 2016 yildan 2025 moliyaviy yiligacha AQSh verflari ko‘p maqsadli suvosti kemalarini kapital ta’mirlash ishlarining atigi qariyb 11 foizini o‘z vaqtida yakunlay olgani ta’kidlangan.

Xizmat muddati tugagan suvosti kemalari ham jiddiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ularni to‘liq ekspluatasiyadan chiqarishdan oldin reaktorlardagi yadro yoqilg‘isini olib tashlash talab etiladi. Biroq bu jarayon uchun bo‘sh quruq dok zarur, verflarda esa bunday quvvatlar yetarli emas.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 50 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!