Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh vise-prezidenti Ukrainaning yangi hujum operasiyalariga qarshi chiqdi

AQSh vise-prezidenti Ukrainaning yangi hujum operasiyalariga qarshi chiqdi

AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Vashington Ukraina Qurolli kuchlarining yangi keng ko‘lamli hujum operasiyalarini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.

The Times nashriga bergan intervyusida Vensning aytishicha, Donald Tramp ma’muriyati muzokaralar davom etayotgan bir paytda Ukraina asosiy e’tiborni mudofaa harakatlariga qaratishi kerak, degan pozisiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Uning ta’kidlashicha, bu yondashuvga 2023 yilda Ukraina Qurolli kuchlari amalga oshirgan qarshi hujumning kutilgan natijani bermagani ham ta’sir ko‘rsatgan.

Vensning so‘zlariga ko‘ra, Vashington hozirgi bosqichda harbiy eskalasiyadan ko‘ra, muzokaralar jarayonini saqlab qolish muhim deb hisoblaydi.

Mazkur bayonot AQSh vise-prezidentining pozisiyasini aks ettiradi.

Kiritildi: 16:34 06.07.2026. O'qildi: 897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!