Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh vakillari Ukrainadagi mojaroni tugatish bo‘yicha muzokaralarda olg‘a siljishga umid qilmoqda

AQSh vakillari Ukrainadagi mojaroni tugatish bo‘yicha muzokaralarda olg‘a siljishga umid qilmoqda

AQSh muzokarachilari Ukrainadagi mojaroni tugatish bo‘yicha sa’y-harakatlarda yanada olg‘a siljishga umid qilmoqda. Bu haqda Reuters AQSh delegasiyasi tarkibida Kiyevga borgan Jared Kushner bayonotiga tayanib xabar berdi.

Avvalroq Ukrainadagi «Obshestvennoye» telekanali Kiyevda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Kushnerning Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralarining ikkinchi bosqichi boshlanganini xabar qilgan edi. Unda Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari ham ishtirok etmoqda.

«Kiyevga tashrif buyurgan AQSh delegasiyasi tinchlik muzokaralarida yanada olg‘a siljishga umid qilmoqda», — deb Kushnerning so‘zlarini keltiradi Reuters.

Agentlik qayd etishicha, muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha jurnalistlar oldida qilgan qo‘shma chiqishida Stiv Uitkoff AQSh tomoni muzokaralar jarayonidan «juda ruhlanganini» bildirgan. U muzokaralarni «mazmunli» va «muhim» deb atagan.

Bundan bir kun oldin Kremlda Vladimir Putin Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan uchrashgan. Muzokaralar qariyb uch soat davom etgan. Rossiya tomonidan uchrashuvda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar fondi (RFPI) rahbari, Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan investisiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev ham ishtirok etgan.

Kiritildi: 23:05 06.09.2026. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!