Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Saudiya Arabistonining Iroqdagi havo hujumlari oqibatida besh nafar eronlik harbiy maslahatchi halok bo‘ldi

AQSh va Saudiya Arabistonining Iroqdagi havo hujumlari oqibatida besh nafar eronlik harbiy maslahatchi halok bo‘ldi

AQSh va Saudiya Arabistonining Iroqdagi Xalq safarbarlik kuchlari (XXK) jangarilar nishonlariga qilingan zarbalarida kamida besh nafar eronlik harbiy maslahatchi halok bo‘ldi.

Bu haqda The National nashri Iroq xavfsizlik xodimiga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, marhum eronlik askarlar XXK safida xizmat qilishgan.

Avvalroq Bag‘dodda halok bo‘lgan XXK jangarilari uchun dafn marosimi bo‘lib o‘tgan edi: beshta tobut Eron bayroqlari bilan o‘ralgan edi.

Milisiya ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalarda kamida 20 nafar jangchi halok bo‘lgan va yana bir nechtasi yaralangan.

Kiritildi: 11:50 30.07.2026. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!