Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Fransiya Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan

AQSh va Fransiya Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan

AQSh va Fransiya Ukrainaga Rossiya hududiga dronlar bilan berilgan zarbalarni rejalashtirishda foydalanilgan razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan, deb yozmoqda Financial Times.

​Ukraina rasmiylariga tayanib xabar berilishicha, bu ma’lumotlar dronlarning uchish yo‘nalishlarini tanlash, eng zaif ob’ektlarni aniqlash va Rossiya havo mudofaasi vositalari joylashuvi xaritasini tuzishga yordam bergan.

​O‘tgan yilning mart oyida Politico nashri Ukraina Qurolli kuchlaridagi manbasiga tayanib, Ukraina razvedka ma’lumotlarining qariyb 80 foizini ittifoqchilardan, asosan AQShdan olgani haqida xabar bergan edi. O‘shanda Parij, Vashington ma’lumotlar almashinuvini vaqtincha to‘xtatganidan keyin ham, Kiyev bilan o‘z razvedka ma’lumotlarini baham ko‘rishda davom etishini bildirgan.

​Rossiya rasmiylari bu kabi qo‘llab-kuvvatlashni G‘arbning nizoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi sifatida baholashini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: 12:40 30.07.2026. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!