Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini himoya qilish bo‘yicha xalqaro koalisiya tuzish masalasi AQSh va Buyuk Britaniya o‘tkazishni rejalashtirayotgan konferensiyaning asosiy mavzusiga aylanishi mumkin.
Bu haqda Axios portali o‘z manbalari hamda yevropalik diplomatlarga tayangan holda xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu anjuman kelasi haftadayoq Londonda bo‘lib o‘tishi mumkin.
«AQSh va Buyuk Britaniya Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini himoya qilish bo‘yicha ehtimoliy xalqaro koalisiya tuzishga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda», — deyiladi nashr axborotida.