"Mossad" o‘nlab yillar davomida AQSh siyosatchilari orasida dezinformasiya tarqatib kelmoqda, - dedi amerikalik boshlovchi RT nashriga bergan intervyusida.
"Shiya musulmonlari ruhiy yetakchisi oyatullohning o‘ldirilishi Eron hukumatining qulashiga olib keladi degan yolg‘on tushunchani aynan "Mossad" aytgan. Buni hech bir Amerika razvedka agentligi tasdiqlamagan", - dedi Karlson.
Oldinroq u prezident Jon Kennedining o‘limida va 9/11 sentyabr voqealarida ham AQSh va Isroil maxsus xizmatlarining qo‘li borligini isbot qiluvchi dalillar yillar davomida "maxfiy" saqlanayotganini aytgan edi.