AQSh harbiylari Rossiya-Ukraina urushi paytida dronlardan foydalanish tajribasidan saboq olish niyatida.
Bu haqda AQSh Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Den Keyn Senat mablag‘larini taqsimlash qo‘mitasining tinglovida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, harbiy maqsadlarda ommaviy ravishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan arzon dronlar butun dunyoda tobora keng tarqalgan.
"Biz buni Ukrainada ko‘rdik va kelajakdagi janglarda ushbu jangovar harakatlar elementlarini qo‘llashimiz kerak", deb ta’kidladi u.
Keyn shuningdek, Ukraina birinchi marta Rossiya qiruvchi samolyotini F-16 yordamida urib tushirganini xabar qildi.
"Yaqinda biz Ukraina F-16 samolyoti Rossiya qiruvchi samolyotini urib tushirgan birinchi havo jangiga guvoh bo‘ldik. So‘nggi bir necha yil ichida ko‘plab sheriklarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli Ukraina o‘zining ko‘p qatlamli mudofaa tizimini sezilarli darajada mustahkamladi", deb qo‘shimcha qildi harbiy rahbar.
Keyn va Pentagon rahbari Pit Xegset ishtirokidagi Kongress tinglovlari Vashington ma’muriyatining asosan harbiy ehtiyojlar uchun 87 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha mablag‘ ajratish haqidagi iltimosiga qaratildi.