AQSh Ukraina bo‘yicha muzokaralarda Yevropa nomidan Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya ishtirok etishini taklif qilmoqda. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bu masalani Kiyev bilan kelishib olgan. Biroq bunday format Yevropaning kichik davlatlari noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Evropa davlatlarining muzokaralarda ishtirok etishi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.