Bu haqda CBS News xabar bermoqda.
Ovoz berish natijasiga ko‘ra 9 a’zo yoqlab, 8 a’zo qarshi ovoz berdi. Telekanalning tushuntirishicha, qo‘mita a’zolarining ovozlari partiyaviy qarashlarga ko‘ra bo‘lingan.
"Kleyton — milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi keng ko‘lamli xavf-xatarlarga qarshi kurashishda boy tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali nomzoddir. Senatning Razvedka bo‘yicha qo‘mitasi uning Milliy razvedka direktori lavozimiga nomzodini ilgari surish uchun ovoz berganidan xursandman", — dedi seshanba kuni qo‘mita raisi, Arkanzas shtatidan respublikachi senator Tom Kotton.