AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) muayyan shartlarga rioya qilingan holda Venesuela neftini Kubaga qayta sotishga ruxsat berilishini ma’lum qildi.
"OFAC Kubada foydalanish uchun Venesueladan kelib chiqqan neftni qayta sotishga ruxsat berishni ko‘zda tutuvchi alohida lisenziya talabnomalariga nisbatan ijobiy lisenziyalash siyosatini qo‘llaydi", — deyiladi mahkama saytida.
Moliya vazirligining qayd etishicha, neft sotish uchun tashkilotlar lisenziya va tegishli ruxsatnoma olishlari shart. Ushbu siyosat oroldagi yonilg‘idan tijoriy va gumanitar maqsadlarda foydalanishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.