OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat televideniyesida asosan klassik musiqa, opera va tojik milliy klassik asarlari namoyish etilmoqda. Ayrim manbalar huquqni muhofaza qiluvchi organlar kuchaytirilgan xizmat tartibiga o‘tkazilganini ham bildirmoqda.
Shu bilan birga, amaldagi prezident Emomali Rahmonning o‘g‘li — Rustam Emomalining jamoatchilikdagi faolligi oshgani qayd etilmoqda. U hozirda Dushanbe shahri hokimi va yuqori davlat lavozimlaridan birini egallab turibdi.
Hozircha rasmiy doiralardan hokimiyat tranziti yoki favqulodda holat haqida aniq bayonot berilmagan. Ekspertlar bunday vaziyatlarda rasmiy tasdiqlangan axborotlarga tayanish zarurligini ta’kidlamoqda.