Qo‘shma Shtatlar Kolumbiyaning yangi prezidenti Abelardo de la Esprielya ma’muriyatini qo‘llab-quvvatlash uchun xavfsizlik yordami paketi doirasida 1 milliard dollar ajratish niyatida.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati bayonotida e’lon qilingan.
Hujjatga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kongress bilan hamkorlikda mablag‘lar ajratilishini e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu mablag‘lar G‘arbiy yarim sharda uyushgan jinoyatchilik va giyohvand moddalar savdosiga qarshi birgalikda kurashish uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari, mablag‘larning bir qismi iqtisodiy loyihalarni rivojlantirish, savdoni kengaytirish va muhim minerallarni qazib olish uchun ishlatilishi rejalashtirilgan.