Federal Qidiruv Byurosi (FQB) direktori Kesh Patel oktyabr oyining o‘rtalarida Rossiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Bu haqda Politico nashri AQSh ma’muriyati bilan tanish manbaga tayanib xabar bermoqda.
"FQB direktori Kesh Patel shu yil oxirida, ehtimol oktyabr oyining o‘rtalarida Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda", deb ta’kidladi nashr.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, safar 14-15 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin, FQB direktori Moskva va Sankt-Peterburgga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mumkin bo‘lgan tashrif haqida boshqa tafsilotlar taqdim etilmagan.