Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Eronga qarshi operasiya uchun 37 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

AQSh Eronga qarshi operasiya uchun 37 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

AQShning Eronga qarshi operasiya uchun harbiy xarajatlari hozirda taxminan 37,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Bu haqda Pentagon kotibi Pit Xegset Senatning mablag‘ ajratish qo‘mitasining tinglovida ma’lum qildi.

"Hozirda xarajatlar 37,5 milliard dollarga baholanmoqda", dedi u va bu raqamga operasiyaning barcha xarajatlari, shuningdek, 30 sentyabrgacha bo‘lgan harbiy to‘lovlar kiritilganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq NBC News manbalarga tayanib, AQSh Eronga qarshi operasiya uchun 80 milliard dollardan 100 milliard dollargacha mablag‘ sarflashi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi urush boshladilar. Iyun oyida Vashington va Tehron Livanni ham o‘z ichiga olgan barcha jabhalarda harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiruvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Biroq, 8 iyul kechasi Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni qayta boshladi va uni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha erishilgan kelishuvlar shartlarini buzganlikda aybladi.

Kiritildi: 11:11 22.07.2026. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!