Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Davlat departamenti: “Barcha elchixonalar Erondan kelayotgan potensial tahdidlarga tayyor bo‘lishi kerak”

AQSh Davlat departamenti: “Barcha elchixonalar Erondan kelayotgan potensial tahdidlarga tayyor bo‘lishi kerak”

AQSh Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab barcha Amerika elchixonalari va diplomatik vakolatxonalariga xavfsizlik holatini darhol baholash va Eronga qarshi AQSH-Isroil harbiy operasiyasidan keyin qo‘shimcha choralarni ko‘rib chiqishni buyurdi.

Bu haqda The Washington Post nashri AQSh Davlat departamentining ichki yozishmalariga tayanib xabar berdi.

Buyruq "Yaqin Sharqdagi hozirgi va o‘zgarib borayotgan vaziyat va uning potensial oqibatlari" bilan bog‘liq.

Nashrning xabar berishicha, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio diplomatik vakolatxonalarga potensial tahdidlarni aniqlash va javob rejalarini tayyorlash uchun maxsus guruhlar tuzishni buyurgan.

So‘nggi haftalarda shunga o‘xshash ko‘rsatmalar faqat Yaqin Sharqdagi AQSh diplomatik vakolatxonalariga berilgani xabar qilingan. Endi buyruq butun dunyo bo‘ylab barcha AQSh elchixonalariga tatbiq etildi.

Nashr ta’kidlashicha, bu butun dunyo bo‘ylab barcha AQSh diplomatik vakolatxonalariga Erondagi urush bilan bog‘liq xavfsizlik choralarini ko‘rib chiqish buyurilgan birinchi holat.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!