AQSh hukumati beshta xorijiy diplomatik vakolatxonasini, jumladan Kanada, Yaponiya va Indoneziyadagi konsulliklarini yopishi mumkin.
"Reuters" agentligi manbalariga tayanib xabar berishicha, tegishli bildirishnoma AQSh Davlat departamenti tomonidan AQSh Kongressiga yuborilgan.
"Davlat departamenti Sent-Djordjes (Grenada), Nagoya (Yaponiya), Medan (Indoneziya), Duala (Kamerun) va Vinnipegdagi (Kanada) o‘z vakolatxonalarini yopishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi", — deyiladi nashr axborotida.