Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh BMTda Equal Earth xarita proyeksiyasiga qarshi ovoz bergan yagona davlat bo‘ldi

AQSh BMTda Equal Earth xarita proyeksiyasiga qarshi ovoz bergan yagona davlat bo‘ldi

AQSh BMT Bosh Assambleyasida Equal Earth kartografik proyeksiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan rezolyusiya loyihasiga qarshi ovoz bergan yagona davlat bo‘ldi. Bu haqda TASS muxbiri xabar berdi.

Ushbu xarita proyeksiyasi Afrika va dunyoning boshqa mintaqalarining haqiqiy o‘lchamlarini aniqroq aks ettirishga mo‘ljallangan.

Rezolyusiya loyihasini 164 davlat qo‘llab-quvvatladi. Ukraina, Moldova, Gruziya, Serbiya, Litva va Estoniya esa ovoz berishda betaraf qoldi.

Ovoz berishdan oldin AQShning BMTdagi vakili rezolyusiya loyihasini to‘liq rad etishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bu tashabbusni kartografik buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan xolis harakat emas, balki kengroq "ideologik kun tartibi"ning bir qismi sifatida baholaydi.

AQSh tomoni, shuningdek, bunday tashabbuslar BMT e’tiborini xalqaro tinchlik, farovonlik va davlatlararo munosabatlarga oid muhim masalalardan chalg‘itishini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:44 04.09.2026. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!