Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, anomal issiq tufayli elektr iste’moli rekord darajaga yetgani sabab ayrim hududlarda elektr ta’minoti 2 soatgacha vaqtincha cheklanishi mumkin.
16 iyul kuni respublikada sutkalik elektr iste’moli 291 mln kVt/soatni tashkil etib, yoz mavsumi uchun eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.
Hozircha Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli cheklovlar joriy etilgan. Vazirlik fuqarolarni elektr energiyasidan tejamkor foydalanishga chaqirdi.